NHK: Apple Toshiba kompaniyasining xotira ishlab chiqarish biznesini xarid qilishi mumkin

Fan-texnika 14:59 / 14.04.2017 5805

Amerikaning Apple korporatsiyasi Yaponiyaning Toshiba kompaniyasiga tegishli yarim o‘tkazgichlar va xotira qurilmalari ishlab chiqaruvchi biznesining bir qismini xarid qilishi mumkin. Bu korxonalar, yapon kompaniyasining Westinghouse Electric sho‘'ba bo‘limi tomonidan ko‘rilgan yirik moliyaviy zararlar tufayli og‘ir ahvolda, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Apple 1 aprelda tashkil etilgan Toshiba Memory kompaniyasining 20-30 foiz aksiyasini xarid qilishi mumkin. Hozircha, bitimning aniq summasi ma'lum emas. Bu Amerika korporatsiyasiga, yarim o‘tkazgichlar borasida barqaror poydevorni taqdim etadi. Chunki kompaniya o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, jumladan, iPhone smartfonlarida Yaponiya kompaniyasi mahsulotlaridan foydalanadi. 

Bundan tashqari, Apple ushbu biznesni xarid qilish uchun Tayvanning Foxconn savdo belgisi bilan yaxshi tanish Hon Hai Precision Industry kompaniyasi bilan birlashishi ham mumkin. Bu esa, Toshiba kompaniyasiga Toshiba Memory sho‘'ba koxonasining nazorat paketini ixtiyorida saqlab qolish hamda texnologiyalarning tarqalishiga doir muammoga yordam beradi. 

Nikkei ishbilarmonlar gazetasining yozishicha, Toshiba Memory ulushini sotib olishga, shuningdek, Janubiy Koreyaning SK Hynix va Amerikaning Broadcom va Western Digital kompaniyalari ham da'vogarlik qilmoqda. Western Digital Toshiba bilan hamkorlikda Yaponiyaning Iokkaiti shahrida mikrochiplar ishlab chiqaruvchi zavodini boshqaradi. 

Ko‘proq yangiliklar: