Subaru yetti o‘rinli yangi yo‘ltanlamasni namoyish etdi

Fan-texnika 22:33 / 13.04.2017 10992

Subaru kompaniyasi yangi, yetti o‘rinli yo‘ltanlamas kontseptini namoyish etdi. Avtomobilga Ascent nomi berildi va Nyu-Yorkdagi avtosalonda ommaga ko‘rsatildi.

Mashina ekstereri dizayni konsepsiyasi Dynamic X Solid nomiga ega. Avtomobil uzunligi 5029 mm.ni, kengligi esa – 1981 millimetrni tashkil etadi. Uning birinchi nusxasi bo‘lgan VIZIV 7 Los-Anjyelesdagi avtosalonda 2016 yilning noyabrida namoyish etilgandi.

Mashina kelajakda seriyali versiyaga ega bo‘ladi. Yangi yo‘ltanlamas AQShning Indiana shtati Lafayyet shahridagi zavodda ishlab chiqariladi. Yangi yo‘ltanlamas uchta to‘laqonli o‘rindiqlar qatoriga ega bo‘ladi.

Yangilikning barcha texnik xususiyatlari sir saqlanmoqda. Ko‘p ehtimol bilan seriyali nusxa 2,0 litrli benzin dvigateliga ega bo‘ladi. Motor quvvati esa 250 ot kuchini tashkil etadi.

Yangi yetti o‘rinli krossover Subaru’ning AQShdagi zavodda yig‘iladigan beshinchi modeli bo‘ladi. Yo‘ltanlamas Shimoliy Amerika bozorida 2018 yildan sotuvga chiqariladi. 

Ko‘proq yangiliklar: