Ferrari vs Tesla. Qaysi biri yetakchilikni o‘z qo‘liga oladi?

Fan-texnika 13:47 / 13.04.2017 6938

Ushbu haftada Tesla AQShdagi eng qimmat ishlab chiqaruvchiga aylandi. Biroq Ferrari kompaniyasi ham o‘ziga xos natijalar bilan maqtanishi mumkin: o‘tgan yili Italiya kompaniyasi aksiyalari 74 foizga qimmatlashdi (taqqoslash uchun, Tesla aksiyalari atigi 25 foizga qimmatlashdi).
 
Ferrari muvaffaqiyati daromadning kutilmaganda ko‘paygani bilan bog‘liq. Buning uchun esa kompaniya rahbari Serjo Marchionne qimmatbaho avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirdi.

Biroq, shunga qaramay, Tesla va Ferrari’da kamida ikkita umumiy jihat bor. Birinchidan, ularning kotirovkalari boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarnikidan qimmatroq narxda savdo qilinadi. Ikkinchidan esa, har ikki kompaniya o‘z biznes-modellarini kengaytirishni boshlamoqda: Tesla birinchi ommaviy Model 3 elektrokarini chiqarishga tayyorlanayotgan bo‘lsa, Ferrari model qatorini kengaytirib, superkarlar “zanjiridan” chiqmoqchi.

2016 yilda Ferrari 425 mln yevro ishlab topgan bo‘lsa, Tesla hamon zararga ishlamoqda. 

Shu bilan birga, Tesla’ning bozordagi qiymati joriy haftada 50,3 mlrd. dollarni tashkil etdi, Ferrari’niki esa – 13,6 mlrd.

2016 yilda Ferrari 8014 avtomobilni sotgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 8400tani tashkil etishi rejalashtirilgan. Tesla esa, o‘z navbatida, bir yilda 80 mingga yaqin elektrokarlar ishlab chiqardi va bu raqamni yanada oshirishni mo‘ljallamoqda. 

«Ferrari va Tesla avtomobil sanoatining turli rivojlanish yo‘llari bo‘ylab harakatlanmoqda. Ferrari’ni xarid qiluvchi inson faqatgina bir joydan ikkinchisiga borishni emas, balki bu masofani katta hissiyotlar bilan bosib o‘tishni istaydi. Ekologik toza elektrokarlar esa – bu umuman boshqa narsa», - deydi Mediobanca tahlilchisi Massimo Vekio.

Ko‘proq yangiliklar: