Beeline'dan mutlaqo bepul 4G xizmati Respublikaning 20 shahrida kengaytiriladi

Fan-texnika 17:28 / 12.04.2017 18268

2017 yil 12 aprel kuni Beeline aloqa operatori OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil qildi. Brifingda kompaniya "Hayot uchun 4G" dasturining ishga tushirilishi haqida ma'lum qildi. Endi mutlaqo bepul 4G kompaniyaning har bir tarifida mavjud. 

Bu kabi ulkan ommaviy loyihani yirik sarmoyalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ma'lum bo‘lishicha, 2016 yilda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Beeline kompaniyasining kapital xarajatlari 533 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu mablag‘ning asosiy qismi aynan Toshkent shahrida LTE tarmog‘ini rivojlantirish va kengaytirishga sarflangan. 

Beeline respublikaning 20 shahrida 4G tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi. Yil oxiriga qadar Angren, Andijon, Bekobod, Buxoro, G‘ijduvon, Guliston, Jizzax, Zarafshon, Qarshi, Qo‘qon, Marg‘ilon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Farg‘ona, Xiva va Chirchiq shaharlari aholisi yuqori tezlikdagi internetning barcha imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.

Maksim Yefremov, Unitel MChJ tijorat direktori: 

"Hayot uchun 4G" - bu Beeline abonentlari uchun 4G premium xizmat bo‘lmay, har kuni foydalansa bo‘ladigan internetga aylanadi. Bu quruq so‘zlar emas, dastur doirasida barcha mavjud bo‘lgan tarif rejalariga misli ko‘rilmagan bonuslar qatori joriy qilingan".

Yevgeniy Klyuchev, Unitel texnik direktori: 

"Transport tarmog‘ini modernizatsiya qilmay, tashqi internet-kanalini sezilarli darajada kengaytirmay turib, yangi baza stansiyalarining qurilishidan kutilgan natijani olib bo‘lmaydi. Bugungi kunda biz ijaraga olgan xalqaro kanal 8 Gbit/s tashkil etadi va bu respublika aloqa operatorlari tomonidan chop etilgan eng katta ko‘rsatkich. Joriy yilning oxirigacha O‘zbekiston hududida 4G tarmog‘ini kengaytirish doirasida mazkur ko‘rsatkich yanada oshadi".

Ko‘proq yangiliklar: