WhatsApp pul o‘tkazmalari xizmatini ishga tushirmoqchi. Hozircha foydalanuvchilardan ushbu xizmat uchun olinadigan haq va bu xizmatning butun dunyo bo‘ylab joriy qilinishi haqida hech narsa ma'lum emas. Taxmin qilinishicha, WhatsApp UPI banklararo to‘lov tizimi negizida ishlaydi.
Hozirda dastur 1,2 mlrd dan ko‘proq foydalanuvchiga ega. Bu ulkan bazadan foydalanib, qandaydir yo‘sinda daromad olish kerak. Dastur uchun avval 1 dollar miqdorida yillik obuna to‘lovi olingan. 2016 yilda dastur foydalanuvchilarining ko‘payishida to‘siq sifatida bu to‘lov bekor qilingan. Daromad olishning boshqa yo‘li esa pul to‘lovlaridan haq olishdir. Kompaniyada aynan shu usuldan foydalanishga qaror qilindi.
Dasturning pul to‘lovlari xizmati ishga tushiriladigan ilk maydoncha Hindiston bo‘ladi. Bu yerda raqamli to‘lovlar ommalashgan va WhatsApp’dan 200 mln kishi foydalanadi. Hindiston Zaxira banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil yanvarda turli raqamli to‘lov xizmatlari orqali 1,3 mlrd dollar pul o‘tkazilgan. Messenjerning to‘lov xizmati yarim yildan keyin ishga tushiriladi.