Mercedes-Benz kompaniyasi qayta ishlangan S-Class haqida yangi ma'lumotlarni oshkor etdi hamda ichki ko‘rinishi tasvirlangan suratlarni e'lon qildi (rasmiy fotosuratlarda avtomobil ruli yopiq, biroq «Avtorevyu» gazetasi rul ochiq holatda turganiga oid bir necha tasvirlarni taqdim etdi). Model yarim avtonom boshqaruv tizimiga ega bo‘ldi.
«Avtopilot» avtomobilni shosseda boshqarishi mumkin. Haydovchi ma'lum bir polosani ko‘rsatishi kifoya, shundan so‘ng xavfsizlikka ishonch hosil qilgan elektronika ham tegishli harakatlarni amalga oshira oladi.
Bundan tashqari, tizim avtonom harakat vaqtida GPS ma'lumotlariga tayanadi va tezlikni avvaldan pasaytirishi mumkin. Elektronika yo‘l belgilarini farqlash funksiyasiga ega bo‘lgani uchun tezlikni cheklovlarga asosan o‘zgartirish imkoniga ega.
S-Class’ning yana bir yangi tizimi Car-to-X bo‘lib, u avtomobilni haydovchining boshqa mashinalari va yo‘l infratuzilmasi bilan “muloqoti”ga mo‘ljallangan. Birinchi holatda bu turli harakatlar haqida ma'lum alishish bo‘lsa, ikkinchisida – svetoforning qizil chirog‘i haqida ma'lumot berishdir.
Shuningdek S-Class ko‘rinmaydigan hududlarni nazorat qilish bo‘yicha faol tizim bilan jihozlanadi. U soatiga 200 kilometrgacha qadar bo‘lgan tezlikda ishlaydi, kichik tezlikda esa (30 kilometrgacha) yon tomondan to‘qnashuv xavfi ostida avtomatik tarzda to‘xtashi mumkin. Yangilikda smartfondan faollashtirish mumkin bo‘lgan avtoturargohga joylashtirish funksiyasi ham bo‘ladi – avtomobil ilova yordamida belgilangan joyda to‘xtashi yoki avtoturargohdan olib chiqilishi mumkin.
Model xavfsizlik tizimi ro‘yxati Evasive Steering Assist funksiyasiga ham ega bo‘ladi. Bu favqulodda holatlarda rul boshqaruviga avtomatik tarzda aralashishdir – shu tariqa elektronika haydovchiga to‘qnashuvdan qochishga yordam beradi. Biroq u faqatgina harakat haydovchi tomonidan amalga oshirilsagina ishlaydi.
Avvalroq «Meredeses» model motoridagi o‘zgarishlar haqida ma'lum qilgandi. Unga ko‘ra, modelda 4,7 litrli “sakkiztalik” o‘rniga to‘rt litrli ikkita turbinaga ega V8 paydo bo‘ladi.
Taxminlarga ko‘ra, yangilangan S-Class premerasi aprel oyida Shanxay yoki Nyu-Yorkdagi avtoshouda bo‘lib o‘tadi.