“Rossiya temir yo‘llari” matbuot xizmatining xabar berishicha, 2017 yilning 1 iyunidan boshlab "Sapsan" poyezdlari besh daqiqaga yanada tezroq bo‘ladi.
"2017 yilning 1 iyunidan Moskva va Sankt-Peterburg o‘rtasida qatnovchi yuqori tezlikdagi "Sapsan" poyezdlari harakat jadvali qisman o‘zgaradi. Yangi jadvalga ko‘ra "Sapsan" poyezdlari besh daqiqaga tezroq harakatlana boshlaydi", - deyiladi xabarda.
"Sapsan" poyezdlarining harakatlanish davomidagi minimal vaqti 3 soatu 35 daqiqani tashkil etadi.
Shu bilan birga, vaqt poyezdlar tarkibi va bekatlarga bog‘liq, deyiladi xabarda.