CNN Money agentligi General Motors bosh direktorini sohadagi eng katta maosh oluvchi rahbar, deb topdi. Meri Barra 2016 yil mobaynida 22,6 million dollar ishlab topib, reytingni ketma-ket ikkinchi bor boshqarmoqda.
Tahlilchilarning qayd etishicha, o‘tgan yili Barra xonim 2015 yildagiga nisbatan 21 foizga kamroq pul ishlab topgan, biroq bu hol u va GM top-menejyerlarining aksiyalar bo‘yicha opsionlarni olish sxemasining o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi. Agar bu hol hisobga olinmasa, 2016 yilda uning maoshi deyarli 30 foizga o‘sgan.
Meri Barra General Motors direktori lavozimini 2014 yilda egallagan va yirik avtokonsernni boshqarayotgan ilk ayol bo‘lgan. Hali lavozimga tayinlanguniga qadar u avtomobil sanoatidagi eng nufuzli ayol, deya tan olingan edi. Bundan tashqari, 2015 yilda dunyoning eng buyuk ellik yetakchisi ro‘yxatiga ham tushgan (to‘qqizinchi o‘rin).
Ikkinchi o‘rinda Ford rahbari, 22, 1 million dollar (2015 yildagidan 19 foizga ko‘p) ishlab topgan Mark Filds bormoqda. Kuchli uchlikni FCA da xuddi shu lavozimni egallab turgan Serjio Markionne yakunlab bergan. Bu rahbar 2016 yilda 9,9 million yevro (10,6 million dollarga) yaqin pul ishlagan.
Volkswagen bosh direktori Mattias Myuller 7,3 million yevro yillik maoshi (7,8 mln. dollar) bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Reyting mualliflarining qayd etishicha, yapon avtosanoati rahbarlari yevropalik va amerikalik hamkasblariga nisbatan juda kam ishlab topishadi.
Sohaning eng kam pul ishlab topuvchi rahbari Tesla Motors’ni boshqaryotgan Ilon Mask hisoblanar ekan. 2015 yilda firma uning maoshi borasida ommaga rasman e'lon qilganida yiliga 38 ming dollardan kam ekanligini ma'lum bo‘lgan edi. O‘shanda bu summa Kaliforniyadagi amaldagi 80 soatlik ish haftasi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan minimal maoshga asoslangani aytib o‘tilgan edi. Lekin Ilon Maskka "Tesla"ning 33,6 million aksiyasi tegishli va u 10 milliard AQSh dollariga baholanadi. Bu esa uni dunyodagi avtomobil kompaniyalari rahbarlari ichra eng boyiga aylantiradi.