Rustam Azimov O‘zbekiston Turkiya bilan qaysi sohalarda hamkorlik boshlashi mumkinligi haqida gapirdi

Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 27 fevral, dushanba kuni Istanbulda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Turkiya rahbari saytida ham ma'lum qilingan. Xabarda uchrashuv tafsilotlari keltirilmagan.
Mahalliy nashrlarda yozilishicha, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Tug‘rul Turkesh, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi va milliy mudofaa vaziri Fikri Ishiq qatnashgan uchrashuv 1 soat vaqt davom etgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbulda o‘zbek-turk biznes-forumida ishtirok etgan, uning yakunida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar imzolangan.
Anadolu agentligi ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, elektronika, kimyo sanoati, turizm va logistika sohalarini o‘z ichiga oluvchi 10ta muhim sektorni belgilab olishgan.
Forumda chiqish qilgan Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi o‘tgan yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etganini qayd etgan, shu bilan birga bu ko‘rsatkich imkoniyatlar darajasidan past etgani ta'kidlangan. U ikki davlat o‘rtasida 1995 yilda imzolangan investitsiyalar bo‘yicha kelishuvni hamda erkin savdo haqidagi shartnomani qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Turkiya tomoni statistik ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yilda Turkiyadan O‘zbekistonga eksport hajmi 488,5 mln dollardan 533,3 mln dollarga o‘sgan, O‘zbekistondan import hajmi esa 711,5 mln dollardan 709,2 mln dollarga pasaygan.
Rustam Azimov o‘z chiqishida, O‘zbekiston Turkiya bilan neftkimyo sohasida hamkorlik qilish niyatida ekanini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2ta neftni qayta ishlash zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda va uchinchisini qurish ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi neftni qayta ishlovchi ikki zavoddan biri Buxoroda, ikkinchisi esa Farg‘onada joylashgan.
«Biz O‘zbekistonda oltin, kumush va uran kabi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishimiz mumkin», — deya iqtibos keltiradi Anadolu bosh vazir o‘rinbosari so‘zlaridan.
Temir va avtomobil yo‘llari qurilishi loyihalari ham hamkorlikning yana bir yo‘nalishi bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi u.
Rustam Azimov Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi mamlakat bo‘lganini eslab o‘tgan va degan: «O‘zbekiston xalqi buni hech qachon unutmaydi».
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rubio: Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Ukraina bo‘yicha muzokaralar mavzusi bo‘lishi mumkin
Jahon | 11:15
-
“O‘zbekistonning seysmik hududlarida zilzilaga sharoit yetilgan” – mutaxassis
O‘zbekiston | 10:57
-
O‘zbekistonning Orxus konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi
O‘zbekiston | 10:45
-
Germaniya razvedkasi: COVID-19 pandemiyasi Xitoydagi sizib chiqish sababli yuzaga kelgan
Jahon | 10:41
Mavzuga oid

15:45 / 15.10.2021
Rustam Azimov hukumatdan ketganidan beri ilk marta OAVda chiqish qildi

09:51 / 15.10.2019
Tramp Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi

00:34 / 27.09.2019
Misr Erdo‘g‘anning Mursiy haqidagi so‘zlari uchun Turkiyaga norozilik bildirdi

22:00 / 24.09.2019