“O‘zbekistonning seysmik hududlarida zilzilaga sharoit yetilgan” – mutaxassis
12 mart kuni ertalab Toshkentda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi. Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda ham oxirgi yillarda zilzilalar kamayib ketgan. Bu yaqin yillar ichida seysmik hududlar kuchli zilzilaga tayyorlanayotganini anglatishi mumkin, deydi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri Ulfat Nurmatov Kun.uz’ga bergan intervyusida.

Bugun, 12 mart kuni ertalab soat 6:16 da Toshkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i Toshkent viloyatining Toshkent tumani bo‘lgan. Zilzila takrorlanishi mumkinmi, O‘zbekiston hududi hozir qanday seysmik holatda? Bu savollarga Seyesmologiya instituti seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri Ulfat Nurmatov javob berdi.
Nurmatovning ma’lumot berishicha, 12 mart kuni Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan zilzila uzoq muddatli prognozlarda aks etgan.
“Bunaqa faollanishlar oxirgi marta 2008 yilda sodir bo‘lgan edi. O‘shandan keyin mana 2025 yilda bo‘ldi. Bunaqa zilzilalar bizning zona uchun odatiy hol. Bunday zilzilalar ko‘p bo‘lib turgani ma’qul. Chunki yer ostida to‘plangan energiya tez-tez sarf bo‘lib turadi. Yig‘ilib qolmaydi”, – deb tushuntirdi u.
Olim 12 mart kungi zilzila o‘chog‘i Toshkent-Piskom seysmik zonasida joylashgani va bu hudud vaqti-vaqti bilan faollashib turishini, tarixda Toshkent shahri va uning atrofida 7-8 ta sezilarli zilzila bo‘lgani va bu zonaning potensiali 6,5 magnitudali zilzilani keltirib chiqarishga qodir ekanini ham qo‘shimcha qildi.
“Toshkent o‘chog‘ida ham zilzilaga sharoit yetilib kelyapti, yaqin kunlarda faollanish bo‘lib qolishi mumkin deb aytganmiz. Mana o‘sha bu o‘rtacha statistikaga to‘g‘ri keldi. Bundan kuchliroq ham bo‘lishi mumkin. Chunki bu zonaning potensiali yuqori. Odatda zilzila bitta bilan tugamaydi, keyin maydalari ham bo‘lishi mumkin”, – dedi u.
Shuningdek, u O‘zbekistonning seysmik zonalarida kuchli zilzilalar yuz berganiga ancha vaqt bo‘lgani va o‘rtacha takrorlanish davriga nisbatan hisoblansa, keyingi faollanishga sharoit yetilganini ham ma’lum qildi.
“Aniq kun, haftasini aytish qiyin, yaqin kelajakda 1-2 yil ichida faollanishi mumkin degan xulosalarni beramiz. Bular nisbatan o‘zini oqlayapti”, – dedi institut laboratoriyasi mudiri.
Olimga ko‘ra, qadimda zilzila sodir bo‘lgan o‘choqlar hozir seysmik sokinlikda turibdi. Masalan, Andijon zilzilasi 1902 yilda sodir bo‘lgan, 1937 yilda esa Piskentda bo‘lgan va undan keyin bu hududlarda kuchli zilzila kuzatilmagan. “Endi kelajakda unga yaqin hududlarda kuchli zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin”, – dedi Nurmatov.
Mutaxassis ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yillar yoki undan oldingi yillarda Markaziy Osiyoda o‘rtacha har haftada magnitudasi 4 dan baland bo‘lgan, 5-10 tagacha zilzila sodir bo‘lib turgan bo‘lsa, hozir ular soni 3-4 taga tushib qolgan.
“Hozir O‘zbekiston hududida ham zilzilalar soni kamayib ketgan. Mana endi Qirg‘izistonda ham 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Butun Markaziy Osiyo hududi asta-sekin faollanish holatiga kirib kelishi mumkin. Buning sanasini aniq aytish qiyin, to‘g‘ri biz operativ prognozlar bilan ham shug‘ullanamiz, bizda yaqin kelajakda qayerda zilzila bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha xaritalar ham ishlab chiqilgan”, – dedi institut mutaxassisi.
Zuhra Abduhalimova tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

15:04 / 07.07.2025
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

23:21 / 03.07.2025
“Tasodifiy, lekin yaxshi kontekst” - ekspertlar Ozarboyjonga tashrifning geosiyosiy ahamiyati haqida

20:14 / 03.07.2025