Halokatdan so‘nggi birinchi «Progress» fazoga ko‘tarildi

Foto: TASC
Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro kosmik stansiyasiga «Progress» fazo kemasi uchirildi. Bu haqda Roskosmosga tayangan holda Rossiya OAV xabar qilmoqda.
«Progress MS-05» fazo kemasi o‘rnatilgan «Soyuz-U» tashuvchisi belgilangan vaqtda havoga ko‘tarildi. Uning XKS bilan ulanishi 24 fevralga belgilangan.
Ta'kidlanishicha, ushbu parvoz «Soyuz-U» raketalari uchun oxirgisi bo‘ldi. Ularning o‘rnini modernizatsiya qilingan «Soyuz-2» raketalari egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Soyuz-U» raketasining «Progress MS-04» yuk kemasi bilan birga 2016 yil amalga oshirgan parvozi omadsizlikka uchragan edi.
Mavzuga oid

02:02 / 31.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan yana ochiq kosmosga chiqdi

23:02 / 16.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi

15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi

17:29 / 15.10.2024