Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inson hayotidagi vaqt aslida nima?

“Inson hayotidagi vaqt nima, uning mohiyati nimada?” degan savollarga donolar shunday javob beradi: "Vaqt - go‘yo hayot kiyimi to‘qiladigan iplar bo‘lib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz hamda bebaho bo‘ladi".
Agar iplar sifatsiz va to‘zigan bo‘lsa hayot ham tuban, mazmunsiz kechadi. Vaqtning yana bir xususiyati - agar u o‘tib ketsa, qaytib kelmaydi. U inson sarf qiladigan asosiy dastmoyadir. Qanchalik ko‘p bo‘lsa ham ozdir. Barakali bo‘lsa, ko‘p. Shu bois ham inson o‘z hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli hamda barakali foydalanib, uni yaxshi amallar qilishga sarflashi vojibdir.
Islom ta'limoti yalqovlik, loqaydlik, kabi illatlardan uzoqda bo‘lishimizga amr qiladi va har kuni erta turishga, xayrli amallarni qilishga hamda yoshlik, sihat-salomatlik, bo‘sh vaqtni g‘animat bilishga chorlaydi.
Ulug‘ ajdodlarimiz kunlarini, vaqtu soatlarini foydali ish qilishga, go‘zal ahloqiy va ilmiy darajalarga yetishish yo‘lida sarflashga urinar edilar. Shuning uchun ham ularning bugunlari kechagisidan, ertangi kunlari bugungisidan a'lo bo‘lardi. Ular: “Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi”, - degan hikmatli so‘zga amal qilishgan.
O‘tayotgan kunimiz, vaqtimizdan ibrat olmog‘imiz lozim. Zero, kecha va kunduz yangilarni eskirtiradi, uzoqlarni yaqin qiladi, umrlarni qisqartiradi, yoshlarni qaritadi, keksalarni boqiylik sari yetaklaydi. Dono xalqimizda bir maqol bor, unda shunday deyiladi: “Vaqting ketdi, baxting ketdi”.
Ha, vaqt go‘yo ulug‘ omaddir. Farzandlarimizniing ta'lim-tarbiyasiga e'tiborimizni kuchaytirib, ta'lim dargohlarida olayotgan bilimini tekshirib turish lozim. Farzandlar maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlariga borib kelay deganda ota-onasi kelajagi mevasi bo‘lmish jigarbandini oldidan duo qilib kuzatadi. Ayrim farzandlar inson hayotidagi vaqtini g‘animat bilmasdan bilim olish o‘rniga turli xil internet klublarga borib vaqtini isrof qilib bormoqda.
Muhtaram yurtboshimiz ham bugungi kun yoshlarini kitobxonligi pasayib ketganligini ta'kidlab o‘tdilar. Jamiyatimizdagi barcha insonlar, ular kim va qanday mavqega ega bo‘lmasinlar, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni oltindan qimmat bo‘lgan ne'matdan unumli foydalanishlari lozimligini tushuntirmoqligimiz kerak. Yoshi ulug‘larimiz, muhtaram ota-onalar farzandlari ta'lim-tarbiyasiga beparvo bo‘lmasliklari, vaqtlarini to‘g‘ri sarflashga o‘rgatishlari kerak. Chunki, bugungi kunimiz va porloq kelajagimiz, ana shunday salohiyatli farzandlar qo‘lidadir.
Ma'rufxon ALOXODJAYeV,
Namangan shahridagi
Abdulqodir qori
masjidi imom-xatibi
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?
Jamiyat | 21:53
-
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi
Jahon | 21:34
-
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
Fan-texnika | 21:29
-
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi
Jahon | 21:25
Mavzuga oid

18:00 / 02.09.2024
Xorijda uylanib olgan er, tanglikda qoldirilgan ona va kaltaklanayotgan bola – asl aybdor kim?

20:40 / 25.06.2024
Ota-onalar uchun tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi

19:10 / 25.06.2024
Pedagogik mahorat va Tarbiya pedagogikasi milliy institutlari tashkil etiladi

14:53 / 19.06.2024