Ota-onalar uchun tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi

O‘zbekiston 20:42 / 25.06.2024 2988

«Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati» mavzusida tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi. 

Bunda ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan «Namunali ota-onalar maktabi» loyihasi amalga oshiriladi. 

2024 yil 1 dekabrgacha:

- o‘quvchilarda huquqbuzarlikka qarshi immunitetni shakllantirishda «maktab – ota-ona – mahalla» hamkorligi zanjirini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan o‘quv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;

- ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi. 

2024 yil dekabr oyida «Tarbiya – shaxs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni» mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi. 

2025 yil yakunigacha ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida milliytarbiya.uz elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: