Saudiyalik shahzoda yo‘lovchi samolyotiga 80ta lochin uchun aviachipta xarid qildi

Reddit ijtimoiy tarmog‘ining lensoo taxallusi ostidagi foydalanuvchisi oddiy yo‘lovchi samolyoti salonida sayohatga chiqqan lochinlar tasvirlangan fotosuratni taqdim etdi. Bu haqda Mashable nashri xabar bermoqda.
Surat samolyot ekipaji qo‘mondoni tomonidan olingan. Post muallifining ta'kidlashicha, 80ta ovchi qushga aviachiptalar saudiyalik shahzoda tomonidan xarid qilingan.
Lochinlar o‘rta qatordagi aksariyat o‘rindiqlarni egallagan. Ular o‘zini noqulay his etmasligi maqsadida ko‘zlari yopib qo‘yildi.
Reddit boshqa foydalanuvchilari esa bu Yaqin Sharqdagi reyslarda ko‘p bora kuzatiladigan holat ekanini aytishgan. Masalan, Qatarning Quatar Airways aviakompaniyasi yo‘lovchilarni iqtisodi-sinfdagi salonga oltita lochinni olishlari mumkinligi haqida ogohlantiradi.
Mavzuga oid

13:52 / 02.03.2025
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi

10:50 / 22.08.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Saudiyaga eksporti ko‘paytiriladi

14:38 / 25.05.2024
Orolbo‘yida joylashgan aholi punktlariga Saudiya Arabistoni yordami jalb etiladi

08:59 / 14.12.2023