O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Saudiyaga eksporti ko‘paytiriladi

Iqtisodiyot 10:52 / 22.08.2024 1580

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ushbu mamlakatning yetakchi qishloq xo‘jaligi kompaniyalarini mamlakatimizdagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar Saudiya kompaniyalarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarini O‘zbekistonga olib kirish, mamlakatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, milliy mahsulotlar eksport nomenklaturasini kengaytirish, o‘zbek tadbirkorlari va fermerlari tomonidan yetishtiriladigan ho‘l va quritilgan mevalar, asal va boshqa turdagi mahsulotlarni Saudiya bozoriga olib kirish maqsadida Ar-Riyod shahrida 21-24 oktyabr kunlari o‘tkaziladigan Saudi Agriculture 2024 ko‘rgazmasida ularning ishtirokini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur jabhada ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va savdo hajmini oshirishga qaratilgan aniq qadamlarni belgilash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Ko‘proq yangiliklar: