Google Android O’ni qachon taqdim etishi ma'lum bo‘ldi
Google kompaniyasi Google I/O ishlab chiqaruvchilari anjumani sanasini e'lon qildi. Tadbirda asosiy o‘rin - Android O taqdimotiga bag‘ishlanadi.
Google I/O – qidiruv giganti an'anaviy ravishda o‘zining yangi servislarini namoyish etuvchi anjuman bo‘lib, o‘tgan yilgi bunday tadbirda Android N va yangi mobil operatsion tizimiga mo‘ljallangan virtual reallik platformasi, Allo messenjeri, Android Wear 2.0 olib yuriluvchi uskunalar uchun operatsion tizim, shuningdek Google Yordamchi, Google Home uy yordamchisi, Google Foto, Duo videoqo‘ng‘iroqlar servisi taqdim etilgan. Bu yilgi tadbirdan esa yanada ko‘proq yangiliklarni kutishmoqda.
Google I/O 2017 17 may kuni boshlanib, uch kun davom etadi.
Tadbir AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Mauntin-Vyudagi Google qarorgohidan uncha uzoqda bo‘lmagan biznes-markazda o‘tkaziladi.
Birinchi kuni yangi Android O’ning taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ekspertlar kompaniya Chrome OS yangi imkoniyatlari haqida gapirib berishlari va biznes, ko‘ngilochar sohalar hamda aqlli uyga mo‘ljallangan boshqa mahsulotlarni taqdim etishini bashorat qilmoqda.
Google I/O 2017 anjumani sayti ishga tushirildi, biroq unda hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid

00:09 / 20.02.2025
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi

17:34 / 29.01.2025
Rossiya Googleʼga belgilagan jarimalar miqdori 2 duodetsillion rublga yaqinlashdi

20:19 / 28.01.2025
Google o‘z xaritalarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartiradi

01:35 / 15.01.2025