«Real» yana bir qimmatbaho transferni amalga oshirishga tayyor
Madridning «Real» klubi Turinning «Yuventus» klubidan argentinalik yosh hujumchi Paulo Dibalani sotib olish uchun 105 million yevro sarflashga tayyor. Bu haqda sport.es nashri xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, madridliklar bu hujumchiga 10 million yevro miqdorida yillik maosh to‘lamoqchi.
Qayd etilishicha, Dibalaning transferi amalga oshirilishi uchun jamoa Alvaro Morata bilan xayrlashishi mumkin.
Bundan oldingi xabarlarda Madrid jamoasi «Yuventus»ga Dibala uchun Moratani va 77 million funt taklif qilayotgani aytilgandi.
Dibalaning o‘zi ham «Yuventus» bilan 2020 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirmagan, «Real»ga o‘tish uchun «Barselona»dan tushgan taklifni rad qilgan.
Dibala «Barselona» va «Real» jamoalaridan birini tanladi
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025