Glazgoda yo‘lovchi samolyoti uchishi vaqtida uchuvchida yurak xuruji yuz berdi

Foto:Rex Features
Shotlandiya poytaxti Glazgodagi xalqaro aeroportda KLM aviakompaniyasining ichida 128 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyoti havoga ko‘tarilish oldidan tezlashayotgan vaqtda uchuvchida yurak xuruji yuz berdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Samolyot ekipaji a'zolarining aytishicha, uchuvchi o‘zini yomon his qila boshlagan va shu sababli samolyotni to‘xtatgan. Shundan keyin samolyotga aeroportning yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari ko‘tarilib, uchuvchini "tez tibbiy" yordam mashinasiga olib borishgan.
Uchuvchi shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholashgan. Samolyot Glazgo-Amsterdam reysini amalga oshirishi kerak bo‘lgan. Voqea sababli reys qoldirilgan.
Mavzuga oid

09:51 / 26.02.2025
Mashhur uchuvchi hayotida sodir bo‘lgan ayanchli hodisa - jinoyatchilar uning o‘g‘lini nega o‘ldirgandi?

20:39 / 03.02.2025
“Boshqaruvdan chiqqan samolyotni nazoratga olish o‘ta qiyin ish” – uchuvchi bilan suhbat

23:06 / 09.10.2024
Turkish Airlines uchuvchisi parvoz vaqtida vafot etdi

17:24 / 07.07.2024