Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

Bugun Samarqandda O‘zbekiston kubogining final o‘yini o‘tkazildi. Bu o‘yinda «Lokomotiv» «Nasaf» bilan o‘ynab, kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi.
Uchrashuv «Shapokoense» futbolchilari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlandi.
O‘yinning 2-daqiqasida Artur Gevorkyanning jarima maydoniga yetkazgan to‘pini darvozabon Eldor Suyunov ushlab qololmay, qo‘lidan chiqarib yubordi. Natijada, Temurxo‘ja Abduxoliqov uni darvozaga yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Bu hisob uchrashuv yakunigacha o‘zgarmadi va «Lokomotiv» 2016 yilgi kubok sohibi bo‘ldi.
Bu toshkentliklar jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ldi.
O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi «Paxtakor» jamoasi sanaladi. «Sherlar» 11 marta ushbu sovrin egasi bo‘lgan.
O‘zbekiston kubogi
Final
«Lokomotiv» – «Nasaf» 1:0 (1:0)
Gol: Temurxo‘ja Abduholiqov (2).
«Lokomotiv»: Ma'mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov (Bobur Yuldashev 84), Ikrom Aliboyev, Sherzod Fayziyev (Oleg Zoteyev 73), Artur Gevorkyan (Marat Bikmayev 54).
«Nasaf»: Eldorbek Suyunov, Aziz G‘aniyev, Shuhrat Muhammadiyev, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A'zamov, Fozil Musayev, Odil Hamrobekov (Shahboz Erkinov 59), Farruh Sayfiyev, Doniyor Narzullayev, Dragan Cheran (Bobir Abdixoliqov 70).
Ogohlantirishlar: Islom To‘xtaxo‘jayev 32, Temurxo‘ja Abduxoliqov 33, Odil Hamrobekov 35, Shahboz Erkinov 90+3.
Chetlatish: Islom To‘xtaxo‘jayev 90+3.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma

16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi

16:52 / 29.10.2022
Toshkent hal qiladi: Chempionlik 21 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi?

18:04 / 20.10.2022