Yangi Zelandiya yaqinida yuz bergan kema falokati oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Foto: The Guardian
Yangi Zelandiyaning Oklend shahri sohillari yaqinida kema falokatga uchrashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda politsiya ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Baliq ovlovchi kema Oklend yaqinidagi ko‘rfazlardan birida falokatga uchragan. 3 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. 7 kishining jasadi suvdan chiqarib olingan. Bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Voqea yomon ob-havo sharoiti tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, falokat oldidan voqea hududidagi to‘lqinlar balandligi bir metrgacha, shamol tezligi 13 metr/soniyaga yetgan. Qutqaruv ishlari yomon ob-havo sharoiti tufayli keyinroqqa qoldirildi.
Qutqarib qolingan uch kishidan ikki nafari shifoxonaga yetkazilgan, yana birining ahvoli barqaror.
Mavzuga oid

11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi

22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi

19:28 / 27.11.2024
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi

23:51 / 26.11.2024