«Real» kechirilishi mumkin

Lozannadagi sport arbitraj sudi (CAS) Madridning «Real» klubiga qo‘llangan jazoni 15 dekabrgacha bekor qilishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, klubga FIFA tomonidan 2018 yilning qishiga qadar futbolchi sotib olishni taqiqlash bo‘yicha jazo berilgan. «Qirollik klubi» mazkur masalada apellyatsiya bilan murojaat qilgandi.
Qayd qilinishicha, arbitraj sudi har xil bo‘lishi mumkin: «Real»ga shu yil qishning o‘zidayoq transferlarni amalga oshirish imkoniyati berilishi, yoki aksincha jazo o‘z kuchida qolishi mumkin.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025