WhatsApp ilovasida yana bir yangi imkoniyat paydo bo‘ldi

Foto: mashable
WhatsApp ilovasining so‘nggi yangilanishida, videolavhalarni ko‘rish borasida yangi funksiya paydo bo‘ldi. Endilikda, yuborilgan videotasvirlarni, ularni to‘liq yuklamasdan bevosita tomosha qilish mumkin, deb yozmoqda Mashable.
Ya'ni, videoyozuvlarni ularni yuklash jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyati taqdim etilgan. Shu bilan foydalanuvchilar videolarni yuklash uchun sarf qiladigan bir necha soniyani tejay olishadi.
Hozircha, bu yangilanish Android dasturiy ta'minoti negizida ishlaydigan smartfonlar uchun taqdim etilmoqda. Bundan avvalroq, WhatsApp ilovasida videoqo‘ng‘iroqlar tugmasi ham paydo bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

21:44 / 04.03.2025
Saudiya Arabistoni banklariga mijozlar bilan WhatsApp orqali muloqot qilish taqiqlandi

16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi

09:53 / 21.12.2024
RKN WhatsApp va Skype'ga foydalanuvchi ma’lumotini FSBga topshirish majburiyatini yukladi

17:51 / 19.11.2024