Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha yangi dunyo rekordi o‘rnatildi (video)

Foto: Daily Mail
Gollandiyada istiqomat qiluvchi Mats Valk Indoneziyadagi Jawa Timur Open 2016 chempionatida Rubik kubigini yig‘ish tezligi bo‘yicha yangi dunyo rekordini o‘rnatdi. Daily Mail nashri shu haqida ma'lum qildi.
20 yoshli Valk kubikni yig‘ishga 4,74 soniya sarfladi. Bu natija avvalgi dunyo rekordchisi - amerikalik Lukas Etter tezligiga qaraganda 0,164 soniyaga kamdir.
Bundan avval - 2013 yilda ham gollandiyalik bu yigit rekord natijaga erishgandi. O‘shanda u Rubik kubigini 5,55 soniyada yig‘ishga muvaffaq bo‘lgandi.
2016 yilning fevralida amerikalik iqtisodchi Adam Bir tomonidan yaratilgan robot kubikni atigi 0,887 soniyada yig‘a olgan.
Mavzuga oid

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025
Yaponiyada rekord darajada qor: bir kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin odam jarohatlandi

00:00 / 02.01.2025
BAAda dronlar yordamida uyushtirilgan shouda ikkita rekord o‘rnatildi

08:30 / 04.12.2024