Jamiyat | 14:30 / 28.10.2016
11343
1 daqiqa o‘qiladi

Novosibirskdan Farg‘onaga yo‘nalgan S7 Airlines samolyoti Olmaotada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Foto: Flightradar24.com

Novosibirskdan Farg‘onaga qarab yo‘l olgan S7 Airlines kompaniyasi samolyoti Olmaotada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqida Tengrinews.kz nashri xabar berdi. 

"Mahalliy vaqt bilan soat 12:54da samolyot qo‘ndi, sabablari hozircha noma'lum", - deya xabar berildi aeroport ma'lumotxonasida. 

Keyinroq aeroport vitse-prezidenti favqulodda qo‘nishga parvoz vaqtida ahvoli yomonlashgan yo‘lovchi sabab bo‘lganligini ma'lum qildi. 

Mavzuga oid