Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi havo parvozlari haftasiga 28 martaga yetkaziladi
Yaqin istiqbolda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi havo parvozlari haftasiga 28 martaga yetkaziladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Foto: Kun.uz
2023 yil avgust oyida Toshkent va Dehli shaharlari o‘rtasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan haftasiga olti marta parvoz amalga oshirilgan edi.
Milliy aviakompaniya va mamlakatning Hindistondagi elchixonasi tomonidan "O‘zbekiston-2030" strategiyasida 2030 yilga qadar yurtimizga amalga oshirilayotgan xalqaro aviaqatnovlari sonini to‘rt barobarga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Buning natijasida bugungi kunda ikki mamlakat poytaxtlarini Uzbekistan Airways va IndiGo (Hindiston) kompaniyalari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan 14 ta aviareys bog‘lab turibdi.
Uzbekistan Airways joriy yil aprel oyida Mumbay shahri va oktabr oyida Goa shtatiga haftasiga ikki martadan yangi parvozlarni o‘zlashtirgach, haftalik ko‘rsatkich 18 taga yetdi. Bu raqam so‘nggi bir yil davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar uch baravarga ko‘payganidan dalolat beradi.
Joriy yil oktyabr oyida Kuala-Lumpur (Malayziya) shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)ning ICAN-2024 tadbiri doirasida O‘zbekiston va Hindiston transport va fuqaro aviatsiyasi muassasalari vakillari o‘zaro parvozlar miqdorini haftasiga 28 taga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Yangi parvozlar jug‘rofiyasi Samarqand, Buxoro, Namangan, Amritsar, Bangalor, Haydarobod, Chennay va boshqa shaharlarni qamrab olishi rejalashtirilmoqda.
Aviaparvozlar ko‘lamining kengayishi mamlakatimizga turizm oqimini faollashishiga xizmat qilmoqda. Xususan, 2023 yilda 2022 yilga nisbatan uch marta ko‘p hindistonlik turist O‘zbekistonga tashrif buyurib, umumiy ko‘rsatkich qariyb 50 ming nafarni tashkil qildi. Joriy yil yanvar-oktyabr oylarida esa 60 mingdan ziyod sayyoh Hindistondan mamlakatga safar qildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025