Istanbuldan Samarqandga uchayotgan samolyot Turkiyada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

O‘zbekiston 21:50 / 26.08.2024 16524

“Novosti Tashkenskogo neba” spotterlik kanalining yozishicha, Turkiya osmoni bo‘ylab ekipaj parvoz chog‘ida “7700” javob berish kodini e’lon qilgan. Bu kod samolyot sahnida avariyaviy yoki boshqa shtatli bo‘lmagan vaziyat sodir bo‘lganini anglatadi. Shundan so‘ng samolyot Merzifon aeroporti yo‘nalishida pastlay boshlagan.

Samolyot Istanbul aeroportidan mahalliy vaqt bilan 16:52 da parvoz qilgan. Samarqandga reja bo‘yicha 23:10 da qo‘nishi kutilayotgandi. Xuddi shu samolyot 27 avgust kuni soat 01:10 da Sankt-Peterburgga parvoz qilishi lozim edi. Endi bu reys ham kechiktiriladi.

Aviakompaniya rasmiy saytida insident borasida biror rasmiy xabar berilmagan.

Qayd etib o‘tish kerak, mazkur samolyotning yoshi 17,6 yil bo‘lib, avval Air Berlin Berlin (Germaniya), Belair (Shveytsariya), Interjet (Meksika) kabi aviakompaniyalarda parvoz qilgan. 2021 yilning iyunidan “Qanot Sharq” aviakompaniyasi foydalanmoqda.

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi hisobida jami 6 ta samolyot bo‘lib, ularning ikkitasi eskiroq Airbus A320, ikkita yap-yangi Airbus A321 neo samolyotlaridir. Bundan tashqari ikkita Airbus A330-200 samolyotlari “Uzbekistan airways” aviakompaniyasiga lizingga berilgan.

Avvalroq «Aeroflot» aviakompaniyasining Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyoti texnik nosozlik tufayli aeroportga qaytgani ma’lum qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: