O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin “Devis kubogi”ning dastlabki kungi bahsida g‘alaba qozondi

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Devis kubogi jahon ligasining pley-off bahsida Shveytsariya terma jamoasi bilan bahslashmoqda. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tayotgan musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi dastlabki kungi bahslarida o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Antoin Belliyerga qarshi kortga chiqdi. Mamlakatning birinchi raqamli tennischisi raqibi ustidan 6:3, 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Sanjar Fayziyev esa Henri Laaksonenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘zbekiston va Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi kun yakunlari bo‘yicha hisob 1:1 bo‘ldi. Endi juftlik bahslarida D.Istomin va F.Do‘stov mehmon tennischilar H.Laaksonen va A.Belliyer bilan kuch sinashadi.
Mavzuga oid

17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi

16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi

20:09 / 05.02.2024
Denis Istomin faoliyatini yakunladi

13:45 / 26.01.2024