Jahon | 19:17 / 22.08.2016
8560
3 daqiqa o‘qiladi

Kiyev Qrim suvlari uchun Moskva bilan sudlashadi

Rasmiy Kiyev Rossiyaning dengiz huquqi Konventsiyasi doirasidagi majburiyatlarini buzayotgani tufayli hakamlik sudiga murojaat qilmoqchi. Bu haqda, Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin ma'lum qilgan. 

Avval,  uning aytishicha, Ukraina Rossiya tomoni bilan sudgacha maslahatlashuv jarayonini o‘tkazib bo‘lgan. Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilganidek,  Moskva Kiyev bilan BMT dengiz huquqi konvensiyasini muhokama etishga tayyor. 11-avgust kuni Minskda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu masalasi yuzasidan fikr almashilgan. 

"Biz Ukraina vakillarining uzun da'volarini eshitdik hamda ularni ko‘rib chiqishga tayyorligimizni bildirdik", — degan Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Kiyev, rasmiy Moskvani uning Qora dengizdagi huquqlarini poymol qilayotganlikda ayblab kelmoqda. Xususan, iyul oyida Ukraina chegarasini qo‘riqlash xizmati, mamlakatning dengiz iqtisodiy hududida Rossiya bayrog‘i ostida suzib yurgan burg‘ilash platformalari va ta'minlash kemalarini aniqlagan. Rasmiy Kiyevning fikricha, bularning bari Rossiyaning Ukraina dengiz hududida gaz konlarini aniqlash bo‘yicha noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotganini anglatadi. 

Bundan tashqari, yanvar oyida Ukrainaning "Ukrnafta" va boshqa qator kompaniyalari Qrimdagi mulklarini muhofaza qilish bo‘yicha da'vo arizalari kiritgan edi. May oyida Haagadagi doimiy hakamlik sudi "Ukrnafta" va Stabil kompaniyalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun qabul qilgandi. O‘shanda, Rossiya tomoni Haaga hakamlik sudining chiqargan qarorini tan olmasligini bildirgandi. 

Aytish joizki, Kiyev ma'muriyati Qrimdagi mol-mulkini yo‘qotgani tufayli ko‘pmillionlik da'volarni bir necha marta ilgari surgan. 

Jumladan, iyul oyi oxirida Ukraina Bosh prokuratura tarkibiga kiruvchi Qrim muxtor respublikasi prokuraturasi deb nomlanuvchi idora bergan bayonotga muvofiq, Ukraina davlat muassasalari Qrimda 150 million griven (taxminan 400 million rubl) miqdoridagi mol-mulkdan ayrilgan.

Mart oyida esa, Ukraina harbiy prokurori Qrimning Rossiyaga qo‘shilishidan ko‘rilgan zararni trillion griven (2,6 trillion rublga yaqin) deb baholagandi. 2015-yil sentabr oyida Pavel Klimkin Ukraina Qrim va Donbass uchun Rossiyadan talab qilmoqchi bo‘lgan tovon puli 50 milliard dollardan ortiq ekanini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ ichiga "Ukraina foydalana olmayotgan tabiiy zaxiralar va hatto qum ham kiradi".

 

Mavzuga oid