Vetnamlik mergan Xoang Suan Vin Olimpiadada pnevmatik to‘pponchadan 10 metrdan otish musobaqasida 202,5 ochko to‘plab, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Kumush medalni braziliyalik Felipe Almeyda Vu (202,1), 3-o‘rinni xitoylik Pan Vey (180,4) qo‘lga kiritdi.
Vinning g‘alabasi Vetnamga uning tarixidagi birinchi Olimpiya oltin medalini keltirdi. Avvalroq vetnamlik sportchilar txekvodndo (2000) va og‘ir atletikada (2008) kumush medallar sohiblari bo‘lganlar.