Tailandlik og‘ir atletikachi Sopita Tanasan 48 kg gacha vazn toifasida 2016 yilgi Olimpiada chempioni bo‘ldi.
Tanasan natijasi ikkikurash bo‘yicha umumiy hisobda 200 kg ni tashkil qildi (92 kg dast ko‘tarishda va 108 kg itarib ko‘tarishda).
2-o‘rinni indoneziyalik Shri Vaxuni Agustiani (192 kg; 85+107) va 3-o‘rinni yaponiyalik Xiromi Miyake (188 kg; 81+107) qo‘lga kiritdi.