Shimoliy Koreya Vashingtonni AQSh Tinch okeanidagi hududga bir necha yil davomida birinchi marta B-1B Lancer bombardimonchi samolyotlarini yuborishini e'lon qilgandan keyin yadroviy zarba berishni rejalashtirayotganlikda aybladi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
AQSh mudofaa vazirligi 10 yil ichida birinchi marta Tinch okeanidagi hududga B-1B Lancer samolyotlari eskadrilyasini jo‘nayotganini e'lon qilgandi. Bu samolyotlar Guam orolida joylashgan AQSh harbiy bazasidagi B-52 samolyotlarining o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan.
Shimoliy Koreyada bu qadam AQSh Shimoliy Koreyaga yadroviy zarba berishni rejalashtirayotganiga ishora qilishi aytilgan. Shimoliy Koreyaning aytishicha, oxirgi mahal Vashington Shimoliy Koreyani uning yaqinida yadroviy qurol joylashtirib "to‘ntarib tashlashga" qaratilgan harakatlarini yaqqolroq namoyon etmoqda.
Avvalroq Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketalar uchirgandi.