Eronda MRBga yordam bergan fizik-yadrochi qatl etildi

Jahon 07:47 / 07.08.2016 11015

AQShda bir qancha muddat yashagan eronlik fizik-yadrochi Shaxram Amiriy Tehronda qatl etildi. Bu haqda fizik oilasi ma'lum qildi.

Amiriyning qatl etilganini uning jasadi hukumat tomonidan ona shahriga qaytarilgandan keyin yaqinlari ma'lum qilishgan. Ularning aytishicha, olimning bo‘ynida arqon izlari bo‘lgan.

Amiriy 2009 yilda Makkaga haj safariga ketgach, yo‘qolib qolgan va so‘ngra AQSh hududida paydo bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, uni AQShda Markaziy razvedka boshqarmasi kuch bilan ushlab turgan. Biroq AQShda olimning o‘g‘rilanishiga aloqadorliklari rad etilgan.

2010 yilda ABC News kanali fizik AQShga qochib ketgani va MRBga Eron yadroviy dasturi bo‘yicha ma'lumot yig‘ishga yordam berganini ma'lum qilgan. Keyinroq Oq uy olim o‘z holicha AQShga qochgani va Vashingtonga muhim axborotni berganini ma'lum qilgan.

2010 yilda Amiriy vataniga qaytganda qahramonlarcha kutib olingan. Biroq u o‘z vatanida uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum qilingan. U oilasiga uni o‘ldirishmoqchi bo‘layotganini aytgan. Keyinroq u sirli ravishda vafot etgan. Olimning onasi uning o‘g‘li qatl etilganini ta'kidlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: