Britaniyalik sportchi Adam Piti 2016 yilgi olimpiya o‘yinlarining saralash bahslari doirasida 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
21 yoshli suzuvchi bu masofani 57,55 sekundda suzib o‘tgan. U bu orqali o‘z rekordini yangilagan. U bundan oldingi rekordini (57,92) 2015 yili Buyuk Britaniyadagi chempionatda qayd etgandi.
Olimpiada o‘yinlari 21 avgustga qadar davom etadi.
Manba: Tribuna.uz