Rio-de-Janeyro olimpiadasida Avstraliya terma jamoasi ayollar o‘rtasida 100 metrga 4 martalik estafetada erkin suzish bo‘yicha jamoaviy bahslar finalida rekord o‘rnatgan holda g‘alaba qozonishdi.
Finalda avstraliyaliklar (Emma Makeon, Brittani Elmsli, Bronte Kempbell, Keyt Kempbell) 3 daqiqayu 30,65 soniyalik ko‘rsatkich bilan AQSh (3.31,89) va Kanada kvartetini (3.32,89) ortda qoldirdi.
Bundan oldingi rekord ham avstraliyaliklar jamoasiga tegishli edi (3.30,98 soniya). Bu rekord 2014 yilning 24 iyulida o‘rnatilgan.