Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi 2027 yil oxiriga qadar Germaniyada 2,9 mingta ish o‘rnini qisqartirish rejasi haqida ma’lum qildi. Bundan asosan Kyolndagi zavod jabr ko‘radi — u yerdagi ish o‘rinlarining chorak qismi qisqaradi.
Mazkur qaror kompaniya yengil avtomobil segmentida katta zarar ko‘rayotgani, elektromobillar ishlab chiqarishga moslashayotgani va qat’iy ekologik standartlar tufayli qabul qilingan.
«Biz Ford’ning Yevropadagi raqobatbardoshligini ta’minlash uchun qiyin, ammo keskin choralar ko‘rishga majburmiz», — deydi kompaniya top-menejeri Markus Vassenberg.
Ford elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Kyolndagi zavod modernizatsiyasiga 2 milliard yevroga yaqin investitsiya kiritgan, ammo kompaniya kutilmalari o‘zini oqlamadi — yangi modellar savdosi rejadagidan pastligicha qolmoqda.
Moliyaviy qiyinchiliklar fonida kompaniya, shuningdek, yetakchi xodimlari ketib qolayotganiga duch kelyapti: masalan, yozda Ford’ning Germaniyadagi rahbari Martin Sander Volkswagenʼga o‘tib ketgandi.
Avvalroq Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi xavfsizlik kamarlari bilan bog‘liq muammo tufayli 112,6 ming yo‘ltanlamasini chaqirib olishi to‘g‘risida xabar berilgandi.