O‘zbekistonning Boeing-787 Drealmliner’i, MTS bilan bog‘liq mish-mish, ishga tushgan yangi telekanal, Medvedevdan norozi ruslar va kunning boshqa yangiliklari

O‘zbekiston 20:47 / 04.08.2016 16763

3 avgust kuni Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining S5+1 shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi. Batafsil.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Boyeing kompaniyasi bilan ikkita Boeing-787 Drealmliner sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ulardan biri bo‘yoqdan chiqdi. Batafsil.

Bugun, 4 avgust soat 16:00 dan boshlab, O‘zbekistonda yangi telkanal ishga tushdi. Batafsil.

Rossiyaning MTS kompaniyasi avgust oxirigacha O‘zbekistonda tashkil qilingan Universal Mobile Systems (UMS) qo‘shma korxonasi tarkibidan chiqadi. Shuningdek, UMS kompaniyasi va O‘zbektelekom vakillaridan ushbu xabar yuzasidan izoh olishning iloji bo‘lmagan. Batafsil.

Rey va Elin Makkey 2 avgust kuni ertalab qo‘shnilarining gapidan keyin hovlidagi o‘rani ko‘rishdi. Chuqurlikning diametri kattalashib, 8 metrga yetdi, chuqurligi esa - 6 metrni tashkil qildi. Batafsil.

London meri Sodiq Xon Britaniya poytaxti markazida amalga oshirilgan hujumdan keyin shahar aholisini tinchlik saqlashga va ogoh bo‘lishga chaqirdi. Batafsil.

Parijda bir guruh kishilar avtobus yo‘lini axlat qutilari bilan to‘sib, uni to‘xtashga majbur qilishdi. Transport to‘xtaganidan keyin unga toshlar va yonilg‘i solingan butilkalar otildi. Batafsil.

Change.org saytida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning iste'fosini talab qiluvchi petitsiya paydo bo‘ldi. U yerda «Baliq boshdan sasiydi! Vazirliklarning sust ishlayotganiga mana shu chora davo bo‘lar?!» deb yozilgan. Batafsil.

Pavel Durovning Telegram messenjerida yangi funksiya paydo bo‘ldi.  Batafsil.

Tokioda bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi yozgi Olimpiada dasturiga rasman bir nechta sport turi kiritildi. Batafsil.

 

Ko‘proq yangiliklar: