O‘smirlar o‘rtasidagi turnirda rossiyalik futbolchilar norvegiyalik raqiblarini do‘pposladi

Sport 18:42 / 04.08.2016 4543

Rossiyaning Staropol shahridagi "Kosmos" jamoasi 10 yoshdan 19 yoshgacha toifalardagi jamoalar ishtirokidagi Norway Cup turniridan chetlatildi. Bunga turnir o‘yinlaridan birida kelib chiqqan janjal sabab bo‘ldi.

Rossiyaliklar norvegiyalik raqiblarini kaltaklashgan. Rossiyaliklar jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat yozilgan. Bundan tashqari "Kosmos" jamoasiga 2000 krona (15 ming rubl — tahr.) miqdorida jarima qo‘llangan, shuningdek bu jamoa kelgusida Norvegiyadagi turnirlarda ishtirok etmasligi belgilab qo‘yilgan.

Norvegiyaliklar jamoasi murabbiyi Tronda Lervikning so‘zlariga ko‘ra,  "Kosmos" darvozaboni maydondan chetlatilgach, rossiyalik futbolchilar raqibga tashlanishgan. Janjal tufayli o‘yin hakami o‘yinni davom ettira olmagan. Lervik shogirdlarini raqiblardan ajratib, maydondan olib chiqib ketgan va politsiyani chaqirishga majbur bo‘lgan.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: