Turkiyada IShIDga aloqadorlikda gumon qilinib, 20 kishi qo‘lga olindi

Jahon 19:04 / 04.08.2016 3178

Kamida 20 kishi Turkiya huquq-tartibot organlari tomonidan IShIDga aloqadorligi gumon qilinib qo‘lga olingan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

Mamlakat janubidagi Adana shahrining 22 manzili bo‘ylab IShID faoliyatiga aloqadorligi gumon qilingan shubhali shaxslarni qo‘lga olish amaliyoti o‘tkazilgan. Amaliyotda vertolyot ishtirok etgan. Qo‘lga olinganlarning kompyuterlari musodara qilingan.

Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgach, bu shaxslar tergov uchun olib ketilgan.

Ko‘proq yangiliklar: