Turkiya hukumati 15 iyulda mamlakatda davlat to‘ntarishi amalga oshirishga bo‘lgan harakat tufayli shu vaqtgacha 74 562 kishining pasportini bekor qildi. Bundan tashqari, 26 ming kishi qo‘lga olingan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Efkan Ala xabar berdi.
Anadolu agentligining xabar berishicha, ayni damda 13419 kishi sud hukmini kutib, hibsda ushlab turilibdi.
15 iyul kungi isyon vaqtida ro‘y bergan tartibsizliklar oqibatida tinch aholi orasida 246 kishi halok bo‘ldi, 2100dan ortiq kishi jarohat oldi. Isyonchilarning yo‘qotishlari hisob qilinmagan. Turkiya hukumati isyon tashkilotchiligida Fathulloh Gulen va uning tarafdorlari bo‘lgan muxolifatchilarni aybladi.