Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori Yusuf Rahmon, o‘ta og‘ir jinoyatlar, xususan qo‘poruvchiliklar va davlat to‘ntarishini sodir etishga urinishlar uchun oliy jazo-o‘lim jazosini Jinoyat kodeksiga kiritish lozim, degan fikrni bildirdi.
"Men, Bosh prokuror sifatida o‘zini o‘zgartira olmaydigan, og‘ir jinoyatlar, xususan qotilliklar, terrorchilik va davlat to‘ntarishi kabilarni sodir etganlarga oliy jazo tayinlanishi tarafdoriman. Biroq, biz bu jazoni taqiqlovchi xalqaro konvensiyalar ishtirokchisimiz" – degan Tojikiston Bosh prokuraturasi rahbari.
2004-yilda Tojikistonda o‘lim jazosiga moratoriy joriy qilingan edi. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq, ayollar va 18 yoshga to‘lmagan erkaklarga o‘lim jazosini tayinlash bekor qilingandi. Shu bilan birga, oliy jazo tayinlash belgilangan moddalar soni 15tadan 5tagacha kamaytirilgandi.