Telegraph: Kemeronning mum haykali Madam Tyusso muzeyidan olib tashlandi

Jahon 18:31 / 04.08.2016 4039

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeronning mum haykali Londondagi Madam Tyusso muzeyi ekspozitsiyasidan olinib, omborxonaga joylashtirildi, deb xabar qilmoqda Britaniya matbuoti. 

Telegraph nashri ma'lumotlariga ko‘ra, muzey xizmatchilari Kemeronning 200 ming dollarlik haykalini 2010-yili yasashgan va "Jahon yetakchilari" ekspozitsiyasida 2020-yilga qadar saqlashni rejalashtirishgan edi. 

Biroq, Britaniyadagi YeI tarkibidan chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijasiga binoan uning katta siyosatdan ketishi muzey rahbariyatining rejasini o‘zgartirib yubordi. Rassomlar esa, o‘tgan yili Kemeronga oqsoch va ajinlarni qo‘shishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: