JCh-2018 uchun saralashning oxirgi bosqichiga tayyorgarlik doirasida Suriya terma jamoasi 15 avgust kuni Rossiyada yig‘in o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda TASS axborot agentligi Erondagi ISNA agentligiga asoslanib xabar berdi.
Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichida O‘zbekistonning raqibi bo‘lmish Suriya terma jamoasi Tojikiston va Livanga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan.
Suriya JCh-2018 yo‘lida Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy va O‘zbekiston. Suriyaning saralash bosqichini 1 sentabr kuni O‘zbekistonga qarshi Toshkentdagi uchrashuv bilan boshlaydi.
Saralash bosqichining ikkinchi guruhidan Avstraliya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Iroq va Tailand terma jamoalari o‘rin olishgan.
Guruhlarda 1 va 2-o‘rinlarni olgan terma jamoalar Rossiyadagi mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. 3-o‘rinlar egalari esa o‘zaro o‘ynaydi. G‘olib JCh yo‘llanmasi uchun pley-off o‘yinida qatnashadi.
Manba: Tribuna.uz