Change.org saytida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning iste'fosini talab qiluvchi petitsiya paydo bo‘ldi. U yerda «Baliq boshdan sasiydi! Vazirliklarning sust ishlayotganiga mana shu chora davo bo‘lar?!» deb yozilgan.
Dmitriy Medvedev kecha dog‘istonlik o‘qituvchining pedagoglar maoshi haqida bergan savoliga «Maoshingiz qoniqtirmasa, biznes bilan shug‘ullaning» qabilida javob bergan edi. Petitsiya shundan keyin paydo bo‘lgan va hozirgacha 400 ta ovoz to‘plangan.
Avvalroq Financial Times jurnali parlament saylovlaridan keyin Rossiyada hukumat o‘zgarishi haqida xabar bergandi. Bu ma'lumotni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov «qovoqxona siyosatchilarining gapi» deb atagan edi.