Nigeriyadagi "Boko Haram" guruhiga yangi rahbar tayinlandi

Jahon 15:31 / 04.08.2016 5337

IShID Nigeriyadagi bo‘limi hisoblanuvchi "Boko Haram" guruhiga yangi rahbar tayinladi.

Nigeriyalik jangarilarga endilikda Abu Musab al-Barnaviy rahbarlik qiladi.

Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, u "G‘arbiy Afrika gubernatori" maqomini olgan.

"Boko Haram" - Nigeriya va qo‘shni mamlakatlarda (Niger, Kamerun va Chad) teraktlar uyushtirish, odam o‘g‘irlash va boshqa jinoyatlar sodir etish bilan shug‘ullanuvchi radikal tashkilot bo‘lib, o‘tgan yilning yozida IShIDga sadoqat izhor qilgandi. Uning a'zolari G‘arbiy Afrika mamlakatlarida shariat tartiblarini o‘rnatishni maqsad qilgan guruh niqobi ostida harakat qiladi.

Tashkilotning bundan oldingi rahbari Abubakar Shekau hisoblanar edi.

Ko‘proq yangiliklar: