London politsiyasi jinoyatchining elektroshoker yordamida qo‘lga olinganligini tasdiqladi

Jahon 16:31 / 04.08.2016 3307

Londonda hujum uyushtirgan jinoyatchiga shifoxonadan ruxsat tegdi, hozirda u politsiya nazorati ostida. Bu haqida Britaniya poytaxt politsiyasining xabarida ma'lum qilingan

Mahalliy vaqt bilan soat 22:30da Rassel-skverda amalga oshirilgan hujum natijasida pichoq bilan yetkazilgan jarohatdan bir ayol halok bo‘ldi, besh kishi jarohat oldi. Politsiya birinchi navbatda terrorizm versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Politsiyaning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 19 yoshli jinoyatchi ruhan sog‘lom emas. Hujumdan keyin qo‘lga olingan jinoyatchi shifoxonaga yetkazildi. 

“Qurollangan ofitserlar qo‘ng‘iroq qabul qilingandan taxminan 5 daqiqa o‘tib, voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan. Jinoyatchini qo‘lga olishda elektroshoker qo‘llangan. Shifoxonada kerakli yordam ko‘rsatilgan jinoyatchi hozirda Londonning janubidagi politsiya mahkamasi nazorati ostida”, - deyilgan politsiya xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: