Qozog‘iston Rossiyadan mahsulotlar olib kirishni taqiqladi

Jahon 16:12 / 04.08.2016 10051

Qozog‘iston hukumati Rossiya uy hayvonlari va yirik qoramol mahsulotlari eksporti va tranzitiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi. Bunga, Rossiya hududida sibir kuydirgisi va nodulyar dermatit kasalligining tarqalishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati axborotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Xabarlarga qaraganda, Rossiyaning oltita mintaqasi: Astraxan oblasti, Krasnodar va Stavropol o‘lkalari, Kalmikiya, Ingushetiya va Dog‘istonda nodulyar dermatit kasalligi avj olgan. 

Yamalda esa sibir kuydirgisi bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan. Avval xabar berilganidek, Rossiya mudofaa vazirligi, Yamalga 200dan ortiq harbiy xizmatchi, 19ta maxsus texnika, ko‘chma laboratoriyalar, 4ta Mi-8 vertolyoti hamda uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalarni yuborgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: