Qirg‘izistonlik terrorchilar fuqarolikdan mahrum etiladi

Jahon 16:00 / 04.08.2016 4483

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev xalqaro terrorizm va ekstremizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati. 

Atambayev 2015-yil dekabrida "Suriyadagi terrorchilar tomonida turib jang qilgan qirg‘izistonliklarni mamlakat fuqaroligidan mhrum etish kerak", -deya bayonot bergan edi.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya, Afg‘oniston va Iroqdagi jangovar harakatlar hududida respublikaning 600dan ortiq fuqarosi bo‘lib, ular xalqaro terrorchi guruhlar safiga qo‘shilgan. Ularning 70dan ortig‘i o‘sha yoqlarda o‘lib ketgan. 

Shu bilan birga, Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralaridagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi guruhlar tarkibidagi respublika fuqarolari soni, soxta qirg‘iz pasporti egalari hisobiga ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: