AQSh davlat kotibi Jon Kerri avgust oyining oxirida Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqida CNN Turk nashri ma'lum qildi.
“AQSh davlat kotibi Jon Kerri avgust oyi oxirida Turkiyaga tashrif buyuradi”, - deyiladi xabarda.
Turikyada 16 iyulga o‘tar kechasi harbiy to‘ntaruv harakati ro‘y berdi. Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an harbiy to‘ntaruv harakatida ayblanayotgan islom voizi Fathulla Gulen bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan mingdan ortiq xususiy maktablarni yopishni buyurdi.
Turkiya hukumati Gulenni topshirishni so‘rab, AQSh hukumatiga murojaat qildi.