Isroillik harbiylar Tel-Avivda terakt sodir etgan falastinliklarning uyini buzib tashladi

Jahon 18:41 / 04.08.2016 3911

Isroillik harbiylar iyun kuni yahudiy davlatining to‘rt fuqarosini otib o‘ldirgan va yirik teraktlardan birini amalga oshirgan ikki nafar falastinlikning uyini buzib tashladi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Isroil hukumati terrorchilarning uy-joyini ularning qarindoshlariga qoldirmagan holda buzib tashlash chora-tadbirlarini anchadan beri qo‘llab keladi. Masalan, ana shunday chora-tadbirlar oqibatida o‘tgan yilning kuzida 40 nafar falastinlik jabrlangan edi.

"Bugun siyosiy eshelon qaroriga ko‘ra “Sarona” majmuasida terakt sodir etgan terrorchilarning uy-joyi buzib tashlandi", — deyiladi harbiy xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: