Yevroosiyo taraqqiyot banki yirik loyihalarni moliyalashtiradi

Iqtisodiyot 13:42 / 04.08.2016 4556

Yevroosiyo taraqqiyot banki 2017-yil yakunigacha sobiq ittifoq hududidagi 58ta loyihaga mablag‘ ajratadi. Uning joriy sarmoyaviy to‘plami — 2 mlrd dollarni tashkil etadi. Bankning «Gazeta.Ru»ga ma'lum qilishicha, moliya muassasasiga asosan infratuzilmalar sohasi bo‘yicha 1,1 mlrd dollarlik loyihalar ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan. 

Bank sarmoya kiritadigan yoki hamkorlikda moliyalashtiradigan asosiy loyihalari jumlasiga: Ekibastuz GRES (Qozog‘iston) ning uchinchi blokini qurish va modernizatsiya qilish (376 mln dollar), Rossiyadagi Tixvin vagon zavodi qurilishi (131 mln dollar), Pulkovo aeroporti rekonstruksiyasi (84 mln dollar), G‘arbiy tezyurar diametrini barpo etish (156 mln dollar), Belorussiya metallurgiya zavodida prokat bo‘limini qurish (137 mln dollar) kabilar kiradi.

Sarmoya portfelining qariyb 40 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelsa, 23 foizi Belorussiyaga taqdim etiladi. Rossiyada bank hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati ajratiladigan sarmoyalarning 33,5 foizini tashkil etadi. 

Yevroosiyo taraqqiyot banki 2006-yili Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari: Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya, Armaniston va Qirg‘iziston tomonidan tashkil etilgan. Tojikiston respublikasi ham bank mijozi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: